IELTS Full Mock — toʻliq imtihon, bir oʻtirishda

Toʻrt boʻlim ketma-ket, taymer toʻxtamaydi, oxirida overall band. Imtihon kunidan oldin oʻzingizni haqiqiy sharoitda sinab koʻrishning yagona yoʻli.

Full mockni boshlash

Full mock nima va nega u alohida mashqdan farq qiladi

Alohida boʻlimlarni mashq qilish foydali, lekin u imtihon kunini takrorlamaydi. Haqiqiy IELTS 2 soat 45 daqiqa davom etadi va charchoq oxirgi ikki boʻlimda — Writing va Speaking — bandni tushiradi. Koʻp nomzod aynan shu sababdan mashqdagidan past ball oladi.

Full mock shu farqni yopadi: Listening boshlanadi, tugagach Reading oʻzi ochiladi, keyin Writing, keyin Speaking. Orasida tanaffus yoʻq, taymer toʻxtamaydi va savollarni oldindan koʻrib boʻlmaydi.

Ketma-ketlik va vaqt

Listening — 30 daqiqa, 40 savol, audio bir marta eshitiladi va orqaga qaytarilmaydi. Reading — 60 daqiqa, 40 savol, uchta matn. Writing — 60 daqiqa, Task 1 va Task 2. Speaking — 14 daqiqagacha, uch qism.

Har boʻlim tugagach natija darhol hisoblanadi, lekin imtihon davomida sizga koʻrsatilmaydi. Bu ataylab: haqiqiy imtihonda ham nomzod Listening balini Reading boshlanishidan oldin bilmaydi va bu keyingi boʻlimga taʼsir qilmasligi kerak.

Natija qanday chiqadi

Listening va Reading avtomatik hisoblanadi — har xato yonida toʻgʻri javob va sabab koʻrsatiladi. Writing va Speaking rasmiy toʻrt mezon boʻyicha AI tomonidan baholanadi: Task Achievement, Coherence and Cohesion, Lexical Resource, Grammatical Range and Accuracy.

Overall band toʻrt boʻlim oʻrtachasidan yarim bandga yaxlitlanadi — rasmiy qoidaning oʻzi: .25 yarim band yuqoriga, .75 toʻliq band yuqoriga.

Oʻquv markazlar uchun

Oʻquv markazlar full mockni oʻz binosida oʻtkazishi mumkin. Imtihon xonasidagi kompyuterlarga Windows ilovasi oʻrnatiladi: ekran qulflanadi, student ilovadan chiqa olmaydi, har oʻrindiqqa boshqa test tushadi.

Natijalar markaz rahbariga Telegram orqali umumiy jadval koʻrinishida, studentga esa shaxsiy tahlil sifatida boradi.

Koʻp beriladigan savollar

Full mock qancha vaqt oladi?
Toʻrt boʻlim bilan 2 soat 45 daqiqa. Speaking oʻquv markazda yuzma-yuz olinsa 2 soat 30 daqiqa.
Bepul full mock bormi?
Ha, bir marta bepul toʻliq mock topshirish mumkin. Karta talab qilinmaydi.
Mock natijasi haqiqiy IELTS baliga toʻgʻri keladimi?
U taxmin. Listening va Reading rasmiy konversiya jadvali boʻyicha aniq hisoblanadi; Writing va Speaking esa rasmiy mezonlar boʻyicha AI bahosi — imtihonchi oʻrnini bosmaydi, lekin qaysi mezon sizni pastga tortayotganini aniq koʻrsatadi.

Bogʻliq mavzular

Bepul boshlang

Karta kerak emas. Roʻyxatdan oʻtish ikki daqiqa.

Full mockni boshlash