Maxfiylik siyosati
Bu hujjat ilmprep qanday shaxsiy maʼlumot yigʻishini, nima uchun ishlatishini, kimga uzatishini va qancha saqlashini tushuntiradi. Uni imkon qadar sodda tilda yozdik — yuridik atamalar ortiga yashirmasdan.
Mundarija
- Maʼlumotni kim qayta ishlaydi
- Qanday maʼlumot yigʻiladi
- Nima uchun ishlatiladi
- Huquqiy asos
- AI baholash va maʼlumot uzatish
- Uchinchi tomon xizmatlari
- Cookie va shunga oʻxshash texnologiyalar
- Qancha vaqt saqlanadi
- Xavfsizlik
- Bolalar maʼlumoti
- Oʻquv markazlar orqali yigʻilgan maʼlumot
- Sizning huquqlaringiz
- Akkauntni oʻchirish
- Siyosat oʻzgarishi
- Aloqa
1. Maʼlumotni kim qayta ishlaydi
Maʼlumotlarni ilm.im taʼlim ekotizimi operatori qayta ishlaydi. ilmprep shu ekotizimning bir qismi. Aloqa: support@ilm.im
Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlanadi.
2. Qanday maʼlumot yigʻiladi
2.1. Siz oʻzingiz beradigan maʼlumot
| Maʼlumot | Qachon |
|---|---|
| Ism, elektron pochta, parol | Roʻyxatdan oʻtishda |
| Foydalanuvchi nomi, avatar, shahar | Profilni toʻldirishda — ixtiyoriy |
| Telefon raqam | Oʻquv markazda imtihon topshirganda |
| Maqsad band va imtihon sanasi | Reja tuzishda — ixtiyoriy |
| Telegram akkaunti | Telegram bilan bogʻlaganda — ixtiyoriy |
| Google akkaunt maʼlumoti | Google orqali kirganda — ism, pochta, rasm |
2.2. Xizmatdan foydalanish natijasida hosil boʻladigan maʼlumot
- Test javoblari, ballar va xatolar tarixi.
- Writing uchun yozgan esselaringiz toʻliq matni.
- Speaking uchun ovozli yozuvlaringiz va ulardan olingan transkript.
- Mashq vaqti, seriya (streak), taraqqiyot statistikasi.
2.3. Texnik maʼlumot
- IP manzil, brauzer va qurilma turi, operatsion tizim.
- Sahifa koʻrishlar va bosishlar (anonim analitika).
- Xatolik hisobotlari — dastur yiqilganda avtomatik yuboriladi.
3. Nima uchun ishlatiladi
- Xizmatni koʻrsatish: akkauntni yuritish, testlarni berish, javoblarni baholash, natijalarni saqlash.
- Shaxsiylashtirish: zaif tomonlaringizga qarab mashq tanlash va reja tuzish.
- Aloqa: tasdiqlash kodlari, muhim xabarlar, sizning soʻrovlaringizga javob.
- Toʻlovlarni qayta ishlash va obuna holatini yuritish.
- Xavfsizlik: suiisteʼmol, avtomatik hujum va akkauntni birgalikda ishlatishning oldini olish.
- Yaxshilash: qaysi funksiya ishlatilishini tushunish. Bunda maʼlumot anonimlashtiriladi.
Maʼlumotlaringizni hech kimga sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.
4. Huquqiy asos
- Shartnomani bajarish — akkaunt, testlar, baholash, toʻlov. Bu maʼlumotsiz xizmat koʻrsatib boʻlmaydi.
- Sizning roziligingiz — ixtiyoriy maydonlar, Telegram bogʻlash, xabarnomalar. Rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin.
- Qonuniy manfaat — xavfsizlik, suiisteʼmolning oldini olish, xizmat sifatini oshirish.
- Qonun talabi — buxgalteriya va soliq hujjatlarini saqlash.
5. AI baholash va maʼlumot uzatish
Writing va Speaking javoblaringizni baholash uchun ular uchinchi tomon AI xizmatiga uzatiladi. Hozirda bu — Google (Gemini) va ayrim funksiyalarda boshqa provayderlar.
- Uzatiladigan maʼlumot: javob matni yoki ovoz yozuvi va savol.
- Uzatilmaydigan maʼlumot: ismingiz, pochtangiz, telefon raqamingiz — baholash uchun ular kerak emas.
- Bu xizmatlar serverlari Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan boʻlishi mumkin.
6. Uchinchi tomon xizmatlari
Platforma quyidagi xizmatlarga tayanadi:
| Xizmat | Nima uchun |
|---|---|
| Vercel | Saytni joylashtirish (hosting) |
| Supabase (PostgreSQL) | Maʼlumotlar bazasi |
| Cloudflare R2 | Fayl va ovoz yozuvlarini saqlash |
| Google (Gemini) | AI baholash |
| Click | Toʻlovlarni qabul qilish |
| Resend | Elektron pochta yuborish |
| Telegram | Xabarnoma va akkauntni bogʻlash — ixtiyoriy |
| Google OAuth | Google orqali kirish — ixtiyoriy |
| Sentry | Xatoliklarni aniqlash |
| PostHog | Anonim foydalanish statistikasi |
Har bir xizmatga faqat oʻz vazifasi uchun zarur maʼlumot beriladi. Ular oʻz maxfiylik siyosatlariga ega.
8. Qancha vaqt saqlanadi
| Maʼlumot | Muddat |
|---|---|
| Akkaunt maʼlumoti | Akkaunt oʻchirilgunga qadar |
| Test natijalari, esselar, transkriptlar | Akkaunt oʻchirilgunga qadar |
| Ovozli yozuvlar | Baholangach 90 kun, keyin oʻchiriladi |
| Toʻlov hujjatlari | Qonun talab qilgan muddat |
| Texnik jurnallar | 90 kungacha |
| Anonimlashtirilgan statistika | Muddatsiz — u sizni aniqlamaydi |
9. Xavfsizlik
- Barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi.
- Parollar ochiq holda saqlanmaydi — faqat qaytarib boʻlmaydigan hash koʻrinishida.
- Maʼlumotlar bazasiga kirish cheklangan va nazorat qilinadi.
- Bitta akkaunt bir vaqtda bitta qurilmada ishlaydi — bu oʻgʻirlangan parol bilan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Shunga qaramay, internetda mutlaq xavfsizlik yoʻq. Maʼlumot sizib chiqqan taqdirda ta'sirlangan foydalanuvchilarni va vakolatli organni qonun talab qilgan muddatda xabardor qilamiz.
10. Bolalar maʼlumoti
Xizmat 16 yoshdan kichik bolalarga mustaqil foydalanish uchun moʻljallanmagan. 16 yoshgacha boʻlgan shaxs xizmatdan faqat ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligi bilan foydalanishi mumkin.
Agar 16 yoshgacha boʻlgan bolaning maʼlumoti roziliksiz yigʻilganini bilsak, uni oʻchiramiz. Bunday holatni sezsangiz bizga xabar bering.
11. Oʻquv markazlar orqali yigʻilgan maʼlumot
Oʻquv markazda mock imtihon topshirganingizda quyidagilar yigʻiladi: ism-familiya, telefon raqam, test javoblari va ballar.
- Ism va telefonni siz imtihon boshida oʻzingiz kiritasiz.
- Natijangizni koʻrish uchun telefon raqam va imtihon oxirida berilgan kod talab qilinadi — faqat telefon yetarli emas. Bu boshqa birov natijangizni koʻrishining oldini oladi.
- Oʻquv markaz oʻz oʻquvchilarining umumiy natijalarini koʻradi — bu markaz bilan tuzilgan kelishuvning bir qismi.
- Natijani oʻz ilm.im akkauntingizga biriktirsangiz, u shaxsiy arxivingizda qoladi.
Markazga oʻquvchi maʼlumotini kiritishga rozilik olish majburiyati markazning zimmasida.
12. Sizning huquqlaringiz
- Bilish — sizda qanday maʼlumot borligini soʻrash.
- Tuzatish — notoʻgʻri maʼlumotni oʻzgartirish. Koʻpini profil sozlamalaridan oʻzingiz tuzatasiz.
- Oʻchirish — akkauntni va unga bogʻliq maʼlumotni oʻchirish.
- Nusxa olish — maʼlumotlaringiz nusxasini mashina oʻqiy oladigan formatda olish.
- Rozilikni qaytarib olish — ixtiyoriy maʼlumotlar boʻyicha.
- Eʼtiroz bildirish — ayrim qayta ishlash turlariga.
Soʻrovni support@ilm.im manziliga yuboring. Javobni odatda 10 ish kuni ichida beramiz. Shaxsingizni tasdiqlash uchun qoʻshimcha maʼlumot soʻrashimiz mumkin — bu boshqa birov sizning nomingizdan soʻrov yubormasligi uchun.
13. Akkauntni oʻchirish
Akkauntni sozlamalar boʻlimidan yoki support@ilm.im orqali oʻchirishingiz mumkin.
Oʻchirilgach:
- Profil, testlar, esselar va ovoz yozuvlari 30 kun ichida butunlay oʻchiriladi. Bu muddat fikringizni oʻzgartirsangiz tiklash imkonini beradi.
- Toʻlov hujjatlari qonun talab qilgan muddatgacha saqlanadi — buni oʻchira olmaymiz.
- Anonimlashtirilgan statistika qoladi, chunki u sizni aniqlamaydi.
14. Siyosat oʻzgarishi
Siyosat yangilanishi mumkin. Muhim oʻzgarishlarda sizni sayt orqali yoki pochta bilan xabardor qilamiz. Hujjat tepasidagi «Oxirgi yangilanish» sanasi har doim joriy versiyani koʻrsatadi.
15. Aloqa
Maxfiylik boʻyicha savollar: support@ilm.im
Shuningdek Foydalanish shartlari hujjatini ham koʻrib chiqing.